Kamoliddin Tojiev: "Biz uchun asosiy tarkib va zaxira o'yinchisi degan tushuncha yo'q"

  • Mr.NoBoDy 20.03.2026 22:08
  • 415
  • 30

Superliga 4-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Paxtakor" (2:4) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "sherlar" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- Boshida o'tkazib yuborilgan gol futbolchilarimiz kayiyatiga tasir qildi, lekin o'zimizni yo'qotib qo'ymadik. Gol urdik, biroq ofsayd sabab inobatga olinmadi, keyin yana gol urdik va tanaffusga 1:1 bilan yo'l oldik. Ikkinchi taymda o'zimizni ancha yaxshi ko'rsatdik. G'alaba bizga juda kerak edi, yigitlarga rahmat.

- Superkubokdan keyin bugungi o'yinda rotaciga qo'l urdingiz. Shu haqda aytib o'tsangiz...

- Avval ham aytgandim, biz uchun asosiy tarkib va zaxira o'yinchisi degan tushuncha yo'q. Biz uchun jamoa bor. Vladimir Nazarov? Sanjar Quvatov ham yaxshi va tajribali darvozabon, bugun unga vaqt berdik. Sanjar uzoq yillardan beri yaxshi o'yin ko'rsatib kelmoqda. Bugun boshqalarga imkon berdik. 

- Akmal Mozgovoy avvalgi bahslarda bir o'zi tayanch yarim himoyasida o'ynab kelayotgandi, bugun Sobirxo'jaev ham shu chiziqda harakat qildi. Bu o'zgarish o'zini oqladimi?

- Bahs oxirlarida raqib uzoq masofga havodan to'p uzatib o'ynay boshladi. Shuningdek bo'ydor hujumchi maydonga tushdi. Natijada tayanch yarim himoyasida ikki nafar futbolchi bilan o'ynashimizga to'g'ri keldi va Abdurauf Bo'rievni zaxiradan tushirdik.

- Bugun Muhammadqodir Hamraliev ushbu mavsum hisobidan Superligada ilk uchrashuvini o'tkazdi. Jamoa tarkibiga qarsak, himoya chizig'i zo'r, biroq yarim himoya va hujumda muammolar bordek.

- Boshqa chiziqlarimiz ham chakki emas. O'yindan o'yinga qo'shib boryapmiz, bugun gollar urdik va bu hammamizni xursand qildi. Keyingi o'yinlarda ham gollar urishga harakat qilamiz. 

- Avvalgi uchrashuvdan so'ng nimalarni o'zgartirdingiz?

- Katta o'zgarish qilmadik. Oldingi bahslarda o'zimizga o'zimiz gol olib kelayotgandik. Xayriyat bugun shu narsa ro'y bermadi. Qolaversa gollar urdik, bu ham xurand qildi. Bugun xato qilmadik va yutdik.

- Nazarov xatosi uchun zaxirada qoldimi?

- Yo'q, bu rotaciya bilan bog'liq. Biz hamma o'yinchilarimizga ishonamiz.

- To'rtta tur ortda qoldi. "Paxtakor" qo'shimchasiga Superkubokda o'ynadi. Mana shu to'rtta uchrashuvda necha ochko qo'lga kiritishni maqsad qilgan edingiz?

- Hali chempionat oldinda. Qaysi jamoalar ochko yo'qotishi va kim o'zini ko'rsatishini mavsum yakunida bilib olamiz.



Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar