Angliya terma jamoasi tarkibi elon qilindi: Tuxel APLda o'ynamagan 35 yoshli darvozabonni chaqirdi

  • Mr.NoBoDy 20.03.2026 21:40
  • 492
  • 30

Angliya terma jamoasining mart oyidagi yig'ini uchun qaydnomasi malum bo'ldi.

"Uch sherlar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel quyidagi futbolchilarni chaqirdi:

Din Henderson, Pikford, Remsdeyl, Stil, Trafford – Byorn, Gexi, Xoll, Konsa, Livramento, Maguayr, O’Rayli, Kuansa, Spens, Stouns, Tomori – Anderson, Bellingem, Garner, Jordan Xenderson, Maynu, Palmer, Rays, Rojers, Uorton – Bouen, Kalvert-Lyuin, Eze, Foden, Gordon, Keyn, Madueke, Reshford, Saka, Solanke.

Ko'rinib turibdiki, ro'yxatda Jud Bellingem ham bor, garchi u jarohat sabab ancha vaqtdan beri o'ynamagan bo'lsa ham. Ammo yanada hayratlanarlisi — "Brayton"ning 35 yoshli darvozaboni Jeyson Stilning chaqirilishi. U joriy mavsumda faqat Angliya Kubogi va Liga Kubogida maydonga tushgan.

Angliya terma jamoasi bu oyda Urugvay (27 mart) va Yaponiya (31 mart)ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar