"Chelsi" etakchisini jamoada saqlab qolish uchun unga katta maosh taklif qilmoqda

  • Mr.NoBoDy 20.03.2026 21:00
  • 806
  • 30

"Chelsi" boshqa top-klublar tomonidan jiddiy qiziqish bo'layotganiga qaramay, asosiy yarim himoyachisi Enco Fernandes bilan xayrlashmaslikka qatiy qaror qilgan.

Mashhur jurnalist va insayder Grem Beylining malum qilishicha, "nafaqaxo'rlar" rahbariyati 25 yoshli yarim himoyachining vakillari bilan yangi shartnoma yuzasidan aloqaga chiqqan.

Xabar qilinishicha, "Chelsi" argentinalik futbolchini saqlab qolish oson bo'lmasligini to'liq tushunmoqda, chunki unga PSJ va "Real" kabi klublar tomonidan jiddiy qiziqish bor. Shunga qaramay, ular uni "Stemford Brij"da qolishga ko'ndirishga harakat qilyapti.

"Chelsi" tayanayotgan asosiy omil — Enco uchun yangi maosh. U yangi bitim bo'yicha haftasiga taxminan 400 000 funt sterling maosh va qo'shimcha bonuslar olishi ko'zda tutilgan.

Agar argentinalik futbolchi "ko'klar"ning yangi taklifini qabul qilsa, u Holand va Mbappe qatorida dunyoning eng yuqori maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi.

Fernandes joriy mavsum "Chelsi" safida 45 o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning amaldagi kelishuvi 2032 yilgacha mo'ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar