Superliga. Ikki gol bekor qilingan va uch penalti belgilangan o'yinda "Paxtakor" "So'g'diyona"ni mag'lub etdi

  • Mr.NoBoDy 20.03.2026 20:16
  • 271
  • 30

Superliga 4-turidan joy egallagan o'yin yakunlandi.

Superliga

4-tur

"So'g'diyona" – "Paxtakor" 2:4

Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov

Yordamchi hakamlar: Islom Nosirov, Sardor Hakimov

Zaxira hakami: Sanjar Nazarov

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Husan Xudoyberdiev

Nazoratchi: Vladislav Ceytlin

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: 1:0 – 3, Filip Ivanovich, 1:1 – 37, Flamarion (Oybek Bozorov), 1:2 – 50, Rustam Turdimurodov (Flamarion), 1:3 – 57, Rustam Turdimurodov (penalti), 1:4 – 75, Hojimat Erkinov (penalti), 2:4 – 90+5, Feysal Mulich (penalti)

"So'g'diyona": 1.Shohruh Isoqov, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Islom Qobilov, 7.Aleksandr Bolevich (20.Fazliddin Omonkeldiev, 87), 8.Suhrob Izzatov, 10.Javohir Qahramonov, 13.Filip Ivanovich, 17.Ollabergan Karimov (11.Otabek Jo'raqo'ziev, 60), 32.Nodirjon Soyibov, 70.Jasurbek Jaloliddinov (30.Muhammadayub Omonov, 87), 77.Oybek Nurmatov (9.Feysal Mulich, 56)

Zaxira: 18.Nikola Mirkovich, 4.Otabek Ahadov, 29.Amirbek Saidov, 42.Sardorbek Erkinov, 47.Abduazim Ortiqov.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Hojiakbar Alijonov, 10.Akmal Mozgovoy, 11.Hojimat Erkinov (21.Bashar Resan, 77), 14.Rustam Turdimurodov (19.Pyotr Pajishek, 68), 27.Sardor Sobirxo'jaev (23.Abdurauf Bo'riev, 77), 34.Sherzod Nasrullaev, 50.Flamarion (9.Ibrohim Ibragimov, 86), 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Oybek Bozorov (17.Dostonbek Hamdamov, 68)

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 3.Shahzod Azmiddinov, 8.Dilshod Saitov, 20.Dilshod Abdullaev

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+5. GOL! Mulich hisobdagi farqni qisqartirdi!

90+4. "Paxtakor" darvozasiga penalti belgilandi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi.

89. Jo'raqo'ziev raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, Quvvatov jamoasini muqarrar goldan qutqardi.

87. "So'g'diyona"da ikki o'zgarish.

87. Pajishek gol urdi, gol ofsayd sababli inobatga olinmadi.

86. "Paxtakor"da o'zgarish.

85. Pajishekning raqib jarima maydonida yo'llagan zarbasini Isoqov egalladi.

83. Mulichning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

77. "Paxtakor"da ikki o'zgarish.

75. GOL! Erkinov penaltini aniq amalga oshirdi!

72. "So'g'diyona" darvozasiga ikkinchi marta penalti belgilandi. Erkinovning zarbasi yana Ivanovichning qo'liga tegdi.

68. "Paxtakor"da ikki o'zgarish.

62. Jaloliddinovning jarimadan yo'llagan zarbasini Quvvatov qaytardi.

60. "So'g'diyona"da o'zgarish.

57. GOL! "Paxtakor" hisobdagi farqni oshirdi! Turdimurodov penaltini aniq amalga oshirdi.

Hakam vaziyatni VAR orqali ko'rib chiqdi. Qaror o'z kuchida qoldi.

56. "So'g'diyona"da o'zgarish.

52. "So'g'diyona" darvozasiga penalti belgilandi. Flamarionning bosh bilan yo'llagan zarbasi Ivanovichning qo'liga tekkan ekan.

50. GOL! Turdimurodov "Paxtakor" safida joriy mavsumdagi ilk golini urdi!

49. "So'g'diyona" futbolchisining raqib jarima maydonidagi bosh bilan yo'llagan zarbasini Quvvatov qaytardi. "Paxtakor" darvozabonidan superseyv!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.

44. Qahramonovning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasini Quvvatov egalladi.

37. GOL! "Paxtakor" hisobni tenglashtirdi! Bozorovning jarima maydoniga pasini Flamarion raqib darvozasiga to'g'riladi.

35. Karimov "Paxtakor" darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi, zarbani Quvvatov qaytardi.

35. Alijonovning o'ng qanotdan uzatmasini Isoqov egalladi.

31. Bolevichning jarimadan uzatmasini Mozgovoy bartaraf etdi.

30. Jizzaxliklar yana jarima zarbasi ishladi.

29. Bolevichning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq.

28. "So'g'diyona jarima to'p ishladi.

24. Ivanovich havodagi to'p uchun kurashda Quvvatov bilan to'qnashib ketdi.

22. Zarba! Turdimurodovning chap oyoqda yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

Gol bekor qilindi. O'yindan tashqari holat.

13. GOL! Erkinov hisobni tenglashtirdi! Nasrullaevning chap qanotdan uzatmasini "Paxtakor" hujumchisi to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi.

11. Qahramonovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

11. "Paxtakor"da qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Alijonovning uzatmasini Flamarion bo'ysundira olmadi.

Mazkur uchrashuvni Jaloliddin Masharipov klub prezidenti Jahongir Ortiqxo'jaev bilan birgalikda bevosita stadiondan kuzatmoqda.

5. "So'g'diyona"da standart vaziyat yuzaga keldi. Qahramonovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi xavfli, biroq noaniq.

3. GOL! "So'g'diyona" hisobni ochdi! Jaloliddinovning jarimadan yo'llagan zarbasini qaytarishda Quvvatov xatoga yo'l qo'ydi, qaytgan to'pni Ivanovich raqib darvozasiga joyladi.

2. "So'g'diyona" jarima to'pi ishladi.

1. Haqoratli so'zlar ishlatmaslik oyining so'nggi kunidagi o'yin boshlandi. Hayit muborak!

Jamoalar maydonga chiqishdi. "So'g'diyona" qora-oq, "Paxtakor" oq liboslarda harakat qiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar