Islom Ismoilov: "Gol o'tkazmaslik seriyasini uzoq davom ettirishni maqsad qilgandik"

  • Mr.NoBoDy 20.03.2026 19:40
  • 265
  • 30

Superliga 4-turdan o'rin olgan "Neftchi" – "Lokomotiv" (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "Neftchi" bosh murabbiyi Islom Ismoilov ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- So'zim avvalida barchani muborak Ramazon Hayiti hamda kelayotgan Navro'z bayrami bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, bahs yuqori shiddatda kechdi. Odatda jamoa biron bir sovrinni qo'lga kiritganidan keyin keyingi bahs juda og'ir kechadi. Jismoniy holat bo'yicha tez tiklanish mumkin, lekin emociya va ruhiy holatni tiklash og'ir bo'ladi. Haliyam Superkubokni yutganimizdagi emociyalar tasirida ekanligimiz bilindi. Bundan tashqari "Lokomotiv" jamoasini ham etirof etish kerak, bekorga yuqori o'rinlarda yurmayapti. Ular ham o'yinni yaxshi o'tkazdi. Stadionga kelib bizni qo'llab turgan barcha muxlislarga rahmat aytib qolaman.

- Bu mavsumda hozircha 12 ta gol urib faqat bitta qo'yib yubordik. Kam gol o'tkazish taktika bilan bog'liqmi yoki darvozabonlarimiz zo'r ishlayaptimi?

- Albatta, ikkalasi ham bir-biriga bog'liq. Ikkala holatni ham etirof etish kerak. Bugun penaltidan gol o'tkazdik va bu bizga og'ir tasir qildi. Gol o'tkazmaslik seriyasini uzoq davom ettirishni maqsad qilgandik, lekin 4-turga kelib tugadi. O'yin uslubimiz asosan raqib himoyasi oldida tuzishga qaratilgan. Ko'proq hujum qilishni xohlaymiz. Darvozabonlardan tashqari himoya chizig'imiz ham alo o'yin ko'rsatyapti, buniyam etirof etish kerak. Ayniqsa jamoamiz sardori barchaga o'rnak bo'lib kelmoqda. Jamoamiz hujum va himoyada zichlik hosil qila olyapti. Shu bois ko'p gol urib, kam o'tkazyapmiz.

- Bugungi o'yin uchun tanlangan boshlang'ich tarkib, yani rotaciya o'zini qanchalik oqladi?

- Rotaciya yuz foiz o'zini oqladi deb ayta olaman. Biz golgacha yaxshi harakat qilayotgandik va gol urgach biroz bo'shashdik. Raqib ham maydonda futbol o'ynadi. Birinchi bo'limdagi maqsadimiz ko'proq bosim uyushtirib raqibning imkoniyatlarini pasaytirish edi. Ikkinchi bo'limning 60-daqiqasidan keyin ustunlikni qo'lga olishimiz uchun birinchi taymda harakat qilgan futbolchilar yordami katta bo'ldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar