Mirko Yelichich: "Hozircha darajamiz "Neftchi" bilan bir xil emas va buni to'g'ri tushunish kerak"

  • Mr.NoBoDy 20.03.2026 19:32
  • 176
  • 30

Superliga 4-turdan o'rin olgan "Neftchi" – "Lokomotiv" (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "Loko" bosh murabbiyi Mirko Yelichich ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- Avvalo, barchani Ramazon hayiti bayrami bilan tabriklayman. Shunday yaxshi kunda futbol o'ynadik va o'yin muxlislarga yoqdi deb o'ylayman. Biz o'z muxlislarimizga chiroyli natijani sovg'a qilmoqchi edik, ammo o'xshamadi. Ikkala jamoa ham bugun futbol o'ynadi. Bazan shunaqa xatolar uchrab turadi, o'zimizning xatolar tufayli mag'lub bo'ldik.

"Neftchi"ning o'z maydonida to'p tepishi raqibga kuch bag'ishladi. Hozircha "Neftchi" bilan darajamiz bir xil emas va buni to'g'ri tushunish kerak. "Neftchi" yildan yilga kuchayyapti, o'tgan mavsum chempionlikni qo'lga kiritdi. Bunday jamoalar ko'payishi o'zbek futboli rivojiga turtki beradi. Biz ham shu darajaga chiqishga harakat qilamiz.

- Bugun zaxiradan tushgan futbolchilar o'yin taqdirini hal qildi. Bu haqda fikringiz...

- Muntazam ijobiy natija ko'rsatish uchun biz ham zaxiramizni shu darajaga olib chiqishimiz kerak. Buning uchun harakat qilyapmiz, chunki Superligada talab shunaqa. O'zbekiston terma jamoasining zaxirasi kuchli bo'lgani uchun ham jamoa kuchli. "Neftchi"dan bir nechta futbolchi termaga nomzod, lekin biz o'yin oldidan bunga etibor qaratmadik. Ular qaysi tarkibni tushiradi, qanaqa futbol o'ynaydi... Bizning o'z vazifamiz bor va shunga qarab ish tutamiz. Hozirgi holatda zaxiramizning kuchi shu. Birgalikda ishlab tajriba orttirib boramiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar