
Bu haqda "Reuters" xabar bermoqda.
Malumotga ko'ra, 28 yoshli futbolchining "qizil iblislar" safiga o'tishiga madridlik "Real" xalaqit berishi mumkin. "Qirollik klubi" Eduardu Kamavinga yozda ketishi mumkinligi fonida Bruno Gimaraeshni diqqat bilan kuzatmoqda. Takidlanishicha, "Real" braziliyalik futbolchini 2022 yilda ham ko'rib chiqqan.
Joriy mavsumda Bruno Gimaraesh barcha turnirlarda 35 o'yinda ishtirok etib, 9 gol va 7 golli uzatma qayd etgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 75 mln evroga teng.