
Jahon futbol tashkiloti Global Citizen bilan hamkorlikda uchta davlatda bir vaqtda o'tadigan yirik kontinental musobaqa final uchrashuvi tanaffusi vaqtida shou-dastur tashkil etadi.
19 iyul kuni Nyu-York Nyu Jersi stadionida bo'lib o'tadigan finalda mashhur ijrochilar chiqish qilishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbirni 2 milliardga yaqin tomoshabin kuzatishi kutilmoqda.
FIFA prezidenti Janni Infantino futbol va ko'ngilochar dasturlarni uyg'unlashtirish jahon auditoriyasi uchun yangi tajriba bo'lishini takidladi.
Shuningdek, Tayms skver Jahon chempionatining asosiy maydonlaridan biriga aylanadi.