
Myunxenliklar chorak finalga yo'l oldi va unda Madridning "Real" klubiga qarshi bahs olib boradi.
"Rekordmaystr" hujumchisi Harri Keyn jamoasining "qirollik klubi"ga qarshi bo'lajak uchrashuvi haqida fikr bildirdi:
"Raqib juda kuchli, kurashga tayyorgarlik ko'rish kerak. Biz hech kimdan qo'rqmaymiz", – dedi futbolchi Myunxen klubi matbuot xizmatiga.
Jamoalar o'rtasidagi ilk uchrashuv 7 aprel kuni (Evropa vaqti bilan) Madridda bo'lib o'tadi, javob o'yini esa 15 aprel kuni Myunxenda o'tkaziladi.
Oxirgi bor jamoalar 2024 yil Chempionlar Ligasi yarim finalida to'qnash kelgandi – o'shanda ikki o'yin natijasiga ko'ra keyingi bosqichga "Real" chiqqan (2:2, 2:1).