Eron ayollar terma jamoasi futbolchilari Avstraliyadagi turnirdan so‘ng vataniga qaytdi

  • Mr.NoBoDy 19.03.2026 01:22
  • 1073
  • 30

Eron ayollar terma jamoasi futbolchilari Avstraliyada o‘tgan turnirdan so‘ng o‘z vatanlariga qaytishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron ayollar terma jamoasining olti nafar o‘yinchisi va bir nafar xodimi ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi yakunlanganidan keyin Avstraliyadan boshpana so‘ragan va gumanitar vizalar olgan edi. Keyinchalik ulardan besh nafari vatanga qaytishga qaror qildi.

Jamoaning asosiy qismi seshanba kuni Istanbulga uchib keldi, bugun ertalab esa Turkiya sharqidagi Ig‘dir shahriga yo‘l oldi. U yerda futbolchi qizlar avtobusga o‘tirib, Eron bilan chegarani kesib o‘tishdi. Ulardan biri jo‘nab ketish oldidan telekameraga qarab tabassum qildi va qo‘l silkib qo‘ydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar