Ekspert fikri. Abduqahhor Hojiakbarov: "Paxtakor"ni yutgan "Navbahor"da o'ziga ishonch yuqori"

  • Mr.NoBoDy 18.03.2026 11:16
  • 633
  • 30

Bugun Superliganing 4-turiga start beriladi.

Kun doirasidan 3 ta uchrashuv o'rin olgan. Biz mazkur bahslar oldidan sobiq futbolchi Abduqahhor Hojiakbarovning fikrlarini tingladik. 


Match-senterda ochish


"Qo'qon-1912" – "Navbahor"
uchrashuvi haqida fikr bildiradigan bo'lsam, bu o'yinda Timur Kapadze jamoasining imkoniyatlarini yuqori baholagan bo'lar edim. Jamoa o'tgan turda mehmonda "Paxtakor"dan ustun keldi. Bu g'alabadan so'ng futbolchilarda o'z kuchiga ishonch juda yuqori deb o'ylayman. 
Imkoniyat – 40/60.

Match-senterda ochish

"Xorazm" – "Bunyodkor". 
Qiziqarli bellashuv guvohi bo'lamiz. Mazkur bahsda har ikki jamoada ham yaqqol ustunlik yo'q. "Bunyodkor" ayni damda qiyin vaziyatni boshdan kechirmoqda. "Xorazm" ham borini beradi. Shunday ekan, tenglikni taxmin qilaman. Imkoniyat: 50/50.

Match-senterda ochish

"Qizilqum" – OKMK uchrashuvi haqida fikrim shuki, Mirjalol Qosimov bu yildan boshlab jamoani yoshartirishga jiddiy kirishgan. U yangi, shijoatli tarkib shakllantirishga intilyapti.

Menimcha, OKMK safarda ilk g'alabasini nishonlashi mumkin. Kuchlar nisbati taxminan 45/55 .

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar