
"Ular o'yinni aynan biz kutganimizdek boshladi: qattiq pressing bilan. Birinchi taymda to'p bilan ishlashda sabr-toqat etishmadi, lekin penaltidan keyin hamma narsa o'zgardi.
Ehtimol, ikkinchi taymda bizning o'yinimizda temp biroz tushgandek bo'ldi, lekin men tanaffusda aynan shu haqida gapirgandim. Bizda ikkinchi golni ertaroq urish uchun imkoniyatlar ham bor edi. Biz g'alabadan juda mamnunmiz.
Asosiysi – biz har bir o'yinni qanday g'alaba qozonishni o'rganyapmiz.
Gvardiola meni tabrikladi, men esa unga yakshanba kuni bo'ladigan final oldidan omad tiladim, - dedi Arbeloa.