"Arsenal" yangi hujumchi topdi

  • Mr.NoBoDy 17.03.2026 13:32
  • 398
  • 30

Belgiyaning "Bryugge" jamoasi hujumchisi Nikolo Tresoldi Londonning "Arsenal" klubi qiziqishi doirasiga tushdi.

21 yoshli futbolchi Belgiya chempionatining joriy mavsumida 29 o'yinda 12 ta gol urib, to'purarlar poygasida etakchilik qilmoqda. 

Britaniya OAV malumotiga ko'ra, “kanonirlar” italiyalik ildizlarga ega nemis hujumchining o'yinini diqqat bilan kuzatmoqda.

Malumki, ingliz grandi yozgi transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va "Bryugge" yulduzi asosiy nomzodlardan biri sifatida qaralmoqda.

Transfermarkt bahosiga ko'ra, Nikolo Tresoldining bozor qiymati 13 mln evroni tashkil qiladi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 47 o'yinda 16 ta gol urgan va 5 ta assist qayd etgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar