
"Hali ko'p narsa noaniq, chunki 3 oy — bu juda uzoq muddat. Biz hozirgi paytga etibor qaratishimiz, oldimizda turgan barcha narsalarni qanday engishimizni ko'rishimiz kerak. Har joyda yaxshi o'yinchilar bor, bizda ham", – dedi u.
26 yoshli argentinalik futbolchi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 42 o'yinda ishtirok etib, 16 ta gol urdi va 7 ta assist qayd etdi.
Transfermarkt portali uni 100 million evroga baholagan.