Eron FIFAdan o'yinlarini AQSHdan Meksikaga ko'chirishni so'ramoqda

  • Mr.NoBoDy 17.03.2026 14:56
  • 417
  • 30

Eron futbol federaciyasi Yaqin Sharqdagi vaziyatni sabab qilib, milliy jamoa o'yinlarini AQSHdan Meksikaga ko'chirish masalasida FIFA bilan muzokaralar olib bormoqda.

Bu haqda AFP Eronning Meksikadagi elchixonasiga tayanib xabar berdi.

"Donald Tramp Eron terma jamoasi xavfsizligini kafolatlay olmasligini aytgan ekan, albatta, biz Amerikaga bormaymiz. Hozir FIFA bilan o'yinlarni Meksikada o'tkazish bo'yicha muzokaralar qilyapmiz", – dedi Eron futbol federaciyasi rahbari Mehdi Toj.

O'tgan hafta Tramp jamoaga "o'z xavfsizligi uchun" turnirga kelmaslikni maslahat bergandi. 

Mundial iyun–iyul oylarida AQSH, Meksika va Kanadada o'tkaziladi. Eron milliy jamoasi "G" guruhida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan uchrashadi. Rejaga ko'ra, Yangi Zelandiya va Belgiyaga qarshi o'yinlar Los-Anjelesda, Misrga qarshi bahs esa Sietlda tashkil qilinishi ko'zda tutilgan.

Agar Eron musobaqada ishtirok etmasa, FIFA o'rniga boshqa jamoani qidirishga majbur bo'ladi. Nomzodlar sifatida Iroq va BAA tilga olinmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar