
"Arsenal" o'z maydonida "Everton" bilan o'yinda ochko yo'qotishiga bir bahya qoldi. O'yinning 89-daqiqasida zaxiradan o'yinga qo'shilgan hujumchi Viktor Gyokeresh "to'pchilar" uchun muhim bo'lgan golni urdi. Maks Dovman 90+7 daqiqada hisobni oshirib qo'ydi. Parallel o'yinda "Nyukasl" esa 18-daqiqada Entoni Gordon tomonidan urilgan gol evaziga mehmonda "Chelsi"ni mag'lub etdi.
“Arsenal” APL turnir jadvalida 31 o'yindan so'ng 70 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Unda ikkita kam o'yin o'tkazgan “Man Siti” hisobida 60 ochko bor. “Chelsi” esa 30 o'yindan so'ng 48 ochko bilan jadvalning beshinchi o'rnini band etgan.



