
Mamlakat futbolidagi ushbu muhim bahslarda odatda eng tajribali hakamlar ishlaydi.
Superkubok tarixiga nazar tashlasak, ushbu o'yinlarni boshqargan hakamlar orasida Ravshan Irmatov etakchilik qiladi. O'zbekiston va jahon futbolida katta tajribaga ega bo'lgan sobiq referi Superkubok uchrashuvlarida 3 marta bosh hakam sifatida ishlagan.
Ikkinchi o'rinda esa Aziz Asimov joylashgan. U Superkubok bahslarini 2 marta boshqargan.
Qolgan hakamlar ushbu uchrashuvda bir martadan ishlagan. Ular orasida quyidagi referilar bor:
G'ayrat Karimov — 1
Sherzod Qosimov — 1
Vadim Agishev — 1
Akobirxo'ja Shukurullaev — 1
Ilgiz Tantashev — 1
Shu tariqa, Superkubok bahslarida shu paytgacha 7 nafar hakam bosh referi sifatida faoliyat olib borgan. Yangi mavsumda esa bu ro'yxat yana kengaydi — tajribali hakam Temur To'xtasinov ushbu nufuzli uchrashuvni boshqaradigan, Superkubok tarixidagi sakkizinchi hakamga aylandi.