
Mehmonlar safida hujumchi Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 70 daqiqa harakat qildi, yarim himoyachi Abbos Fayzullaev esa qaydnomaga kiritilmadi.
O'yinning 56-daqiqasida “Bashakshexir” futbolchisi Festi Ebosele maydondan chetlatildi. Shundan so'ng mezbonlar raqib darvozasiga uch bor to'p kiritishdi. Gollarga Vilfrid Singo (57-daqiqa), Viktor Osimxen (66) va Renato Nxaga (84) mualliflik qildi.
“Galatasaroy” ayni damda Turkiya chempionatida 26 o'yindan so'ng 64 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda “Fenerbaxche” 57 ochko bilan joylashgan. “Istanbul Bashakshexir” esa 42 ochko bilan oltinchi o'rinda bormoqda.
