«Finalissima-2026» barbod bo‘ldi: Tomonlar o‘yin joyi bo‘yicha kelisha olishmadi

  • Mr.NoBoDy 14.03.2026 23:11
  • 1794
  • 30

27 mart kuni Argentina va Ispaniya terma jamoalari «Finalissima» bahsini o‘tkazishlari kerak edi. Sovrin uchun kurash Qatarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi, biroq hozirda ushbu mintaqada vaziyat xavfli bo‘lib turibdi. O‘yinni Madridda o‘tkazish taklif qilindi, ammo argentinaliklar buni rad etishdi, bu haqda yaqin kunlarda matbuotda faol yozildi.

El Chiringuito nashri xabariga ko‘ra, «Finalissima»ni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Yaqin soatlar ichida bu haqda rasmiy e’lon berilishi kutilmoqda.

Ko‘rinib turibdiki, tomonlar o‘yin o‘tkaziladigan joy masalasida bir to‘xtamga kela olishmagan. Madridda o‘yin o‘tkazilishi Ispaniyaga o‘z maydonida o‘ynash ustunligini taqdim etishi aniq edi.

Tafsilotlar bilan chiqadigan rasmiy bayonotni kutib qolamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar