
Butunjahon antidoping agentligi (VADA) AQSH tomonidan badallar to‘lanmayotganligi sababli AQSH prezidenti Donald Tramp va boshqa amerikalik amaldorlarga 2026 yilgi jahon chempionati hamda 2028 yilgi Olimpiadaga tashrif buyurishni taqiqlashni rejalashtirmayapti. Bu haqda VADA matbuot xizmati rasmiy saytda ma’lum qildi.
Bundan avval Associated Press agentligi AQSHning VADAga yillik badalni to‘lashdan bosh tortgani sababli Tramp va amerikalik mulozimlarga futbol bo‘yicha jahon birinchiligi hamda Los-Anjelesdagi Olimpiya o‘yinlariga tashrif buyurish taqiqlanishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Agentlik bayonotida ta’kidlanishicha, Associated Press jurnalistining maqolasi mutlaqo chalg‘ituvchi xarakterga ega. Shu bilan birga, xabarda agar VADAni moliyalashtirish qisqarsa, bundan butun dunyodagi, jumladan, AQSHdagi sportchilar ham zarar ko‘rishi aytib o‘tilgan.