
Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ishtirokchilari sonini ko‘paytirishni, shuningdek, turnirning o‘tkazilish chastotasini oshirishni istamoqda, deb xabar beradi The Times.
Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) Infantinoning klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini kengaytirish bo‘yicha har qanday urinishini — xoh jamoalar sonini oshirish, xoh musobaqani har ikki yilda bir marta o‘tkazish orqali bo‘lsin — to‘sib qo‘yadi. UYEFA Yevropadan ishtirok etadigan jamoalar sonining ehtimoliy ortishidan norozilik bildirmoqda.
O‘tgan yilgi turnirda Yevropaning 12 ta klubi ishtirok etgan edi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi esa finalda «PSJ»ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan «Chelsi» bo‘lgandi.