
Bahsdagi yagona gol 8-daqiqada mezbonlarning qanot himoyachisi Nauel Molina tomonidan urildi. Qayd etish kerakki, "Xetafe" futbolchisi Abdel Abqar 55-daqiqada maydondan chetlatildi.
“Atletiko” La Ligada 28 o'yindan so'ng 57 ochko bilan jadvalda uchinchi o'rinda bormoqda, “Xetafe” esa 35 ochko bilan to'qqizinchi o'rinda joylashgan.

