Kamoliddin Tojiev: "Ertangi o'yinga 100 foiz shaymiz. Penaltilar seriyasiga tayyorlanmadik" (to'liq matbuot anjumani)

  • Mr.NoBoDy 14.03.2026 19:48
  • 186
  • 30

"Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev va yarim himoyachi Akmal Mozgovoy O'zbekiston Superkubogi doirasida "Neftchi"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

YANGILASH

Matbuot anjumanida dastlab "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev va yarim himoyachi Akmal Mozgovoy ishtirok etdi.

Kamoliddin Tojiev: Assalomu alaykum, hammaga. Tayyorgarlik yaxshi darajada o'tdi. Bolalarni tayyorgarligi, xudo xohlasa ertaga yuz foiz tayyor hamma. Tayyorgarliklarni yaxshi o'tkazdik. O'tgan o'yinni esdan chiqazib, xatolarni analiz qilib, bu o'yinga yuz foiz yaxshi nastroeniya, polniy nastroy bilan kelib, ertaga xudo xohlasa g'alaba qozonib, muxlislarni xursand qilamiz.
 
Akmal Mozgovoy: Assalomu alaykum hammaga. Kayfiyat alo darajada. Xudo xohlasa yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Raqibni o'rganib chiqdik. Ertaga qiziqarli va muhim o'yin kutib turibdi. Xudo xohlasa, baleyshchiklarimizni xursand qilishga harakat qilamiz, chiroyli o'yin bilan va g'alaba bilan.
 
– Biz yaxshi bilamiz, o'tgan yili O'zbekiston kubogi finalida Andijonda o'ynab g'alaba qozongansizlar, kubok ko'targansizlar. Bu ikkinchi o'sha sovrun uchun Andijonga tashrif keldilar. Umuman ertagangi o'yinda hamma yaxshi biladi, Farg'ona o'sha lokaciya bo'yicha yaqin, tabiiyki Farg'onadan ishqibozlar ko'p kelishi kutilmoqda. Aynan shu mana shu vaziyat fonida, ertaga Paxtakorga bu nimada qiyin, bosim o'tkazishi mumkin deb o'ylaysizmi?
 
Kamoliddin Tojiev: Bizning muxlislar ham keladi, ko'p bo'lmasa ham kelishadi, qo'llab-quvvatlashadi. Stadion to'la bo'lsa, bizlarni muxlislarimi yo Farg'ona muxlislarimi, bizga farqi yo'q. O'yin muhiti yaxshi bo'ladi va bu xalaqit bermaydi. 


– Oldingi Navbahorga qarshi uchralgan mag'lubiyatdan keyin matbuot anjumanida aytgan edingiz, yani guruhdagi bolalarni tanimadim, bolalarni tanimadim, bilmadim nima bo'ldi keyingi kunlarda. O'z xatolarimizni ishlaymiz deb aytgansiz. Bu xatolaringiz ustida ishlab, analiz qilamiz degansiz. Analiz qilib rostdan ham xatolarni topdingizmi va qanday xatoliklar? Va finaldagi so'nggi uchta uchrashuvda to'qqizta gol urib kelayotgan Neftchiga qarshi qanday tayyorgarlik ko'rdingiz?
 
Kamoliddin Tojiev: O'tgan o'yindan keyin o'yinni ko'rib chiqdik, yigitlar bilan gaplashdik. Nima bo'lganini bildik, topdik. Xudo xohlasa, uni ustidan ishlab, yigitlar bilan birga bu o'yinga tayyorgarlik ko'rdik. “Neftchi” to'qqizta gol urgan, biz ham to'rtta urdik. Ertaga kubok o'yini, u boshqa o'yin. Bitta o'yindan iborat bo'ladi. Kim tayyor bo'lsa, o'sha yutadi. 


– Shu o'tgan tur o'yiniga ko'p to'xtalyapmiz. Paxtakor kutilmaganda Navbahorga yutqazib qo'ydi. Aynan o'sha uchrashuvdan keyingi tarozida pallasi Neftchi tomonga o'tib ketmadimi, masalan? Shu Navbahor bilan o'yindan keyin Neftchi favorit deb qaralish, qaralayotgan fikrga qanchalik qo'shilasiz?
 
Akmal Mozgovoy: Yo'q, murabbiy aytib o'tganlaridek, bu bitta o'yindan iborat. Hamma yuz foiz nastroyda chiqadi bitta o'yinga, kubok jamoa. Siz o'tgan turni ishlayapsiz. U boshqa o'yin, bu boshqa o'yin. Salomatimiz kelmadi o'tgan o'yin. Bu o'yinga xatolarni to'g'irlab chiqib, harakat qilamiz.


 Ikkita turda Paxtakor safida zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar gol urdi va umuman hamma gollarni zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar uryapti desa bo'ladi. Paxtakorda mana shu hujum chizig'ida kadrlar masalasida muammolar bor deb o'ylamaysizmi? Start tarkib tanlayotganda hujumchilarda adashyapman deb o'ylaysizmi?
 
Kamoliddin Tojiev: Yo'q, har o'yinga o'zimizni rejamiz bor. O'sha o'yinga faqat Rustamni chiqarasizmi, yo bu o'yinga sizga Pioterni chiqarasizmi. U chiqib, zamenadan chiqib yordam bersa yaxshi. U ham juda yaxshi jamoa uchun. Har o'yinga qarab hujumchi tanlaymiz. O'tgan o'yin Rustam chiqdi yo Piotr chiqdi, noto'g'ri qildik deb o'ylamaymiz. Endi u o'sha o'yin shunaqa bo'ldi hamma uchun. Bitta hujumchimiz emas, butun jamoa o'xshamagan. Shuning uchun bu o'yinga, xudo xohlasa, hujumga chiqqan ham, xudo xohlasa, yordam beradi, zamenadan chiqqan ham yordam beradi, xudo xohlasa.
 
–  Navbahor bilan o'yindan keyin rotaciya bo'ladimi?
 
Kamoliddin Tojiev: Xudo xohlasa, ertaga ko'rasiz, skameykada variantlarimizga qarab.
 
 Bugun shu bir necha soat oldin Paxtakor matbuot xizmati shaharga chiqib kelgan videolarni qo'ygandi. Endi baribir o'tgan o'yindan hamma gapiryapti. Sal shundan keyin sal nastroeniya ham jiddiyroqmi, yomonroq bo'ldimi mobodo? Sizdan kayfiyat, jamoa kayfiyati emas-u, lekin sal jiddiyroq nastroy, masalan, hech kim kulmayapti, unaqa qilmayapti. Rahbariyatdan gap eshitmadingizmi mobodo?
 
Kamoliddin Tojiev: Hamma jiddiyda, final oldi. Jiddiy o'yin kutib turibdi, shuning uchun hamma jiddiy bo'lib kelganmiz. 
 
 O'zbekiston Superkubogi tarixiga qaragan bo'lsak, Paxtakor jamoasi ettita o'yinda ishtirok etgan va afsuski, tarixiy balansda Paxtakorlar musobaqasida eng past ko'rsatkichga ega. Beshta mag'lubiyat, ikkitasida g'alaba qozonilgan. 2016 yili o'sha paytda o'zingiz ham o'ynagansiz. Nasafga qarshi bosh murabbiy o'sha paytda va Nasaf bilan uchrashuvda yutqazilgan edi. Endi mana shu statistika qanchalik etibor qaratasiz? Ko'rdingizmi matbuot anjumani oldidan narsani?
 
Kamoliddin Tojiev: Aniq ko'rib chiqdik. Statistika u statistika. Ertaga o'yinga boshqa o'yin bo'ladi, xudo xohlasa. Statistikaga yangi anaqalar kiritamiz, xudo xohlasa.
 
– O'tgan mavsumda Paxtakor ikki o'yinda ham Neftchiga taslim etgan. O'ziga bo'lgan ishonch evaziga desa bo'ladi. Savolim shundan iboratki, Paxtakor klubida hozir ham o'ziga bo'lgan ishonch bilan, Neftchiga qarshi o'yin oldidan ancha yuqorimi va bu o'yinda o'zlaringizni favorit deb hisoblayapsizlarmi yoki o'tgan mavsumdagi Neftchidan bu mavsumdagi Neftchini kuchliroq deb hisoblaysizmi?
 
Kamoliddin Tojiev: Ertangi o'yinda aytdim yana kubok o'yini. U Neftchiyo, Paxtakoryo, favorit deb bo'lmaydi. Biz o'tgan yili ikkita chempionat o'yinlagandik, u chempionat boshqa. Neftchi bu mavsumda kuchayganmi? Bir-ikkita o'yinchilarni jalb qilishgan. Ozgina o'tgan yildan o'sish bor.
 
 Ertaga bilamiz, to'qson daqiqada g'olib aniqlanmasa, penaltilar seriyasiga o'tamiz. Bu o'sha penaltilar seriyasiga qanchalik tayyorlandinglar, yani qanchalik muhim o'rin tutadi yoki to'qson daqiqada hal qilmoqchimisizlar?
 
Kamoliddin Tojiev: Xudo xohlasa, asosiy vaqtda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Penaltilar seriyasida tayyorlanib, u baribir lotereya. Bir kun tayyorlanib chiqib, baribir g'olib bo'la olmaydi. O'shanga ham asab ham bo'lishi mumkin. O'shanga penalti seriyasiga tayyorlanmadik.
 
 Akmal aka, Paxtakor safiga qo'shilganingizdan beri jamoatdoshlaringiz bilan o'rtoq bir muxta topa olmayotgandeksiz. Bilamizki, bu jamoada Paxtakor safidagi ko'pchilik o'yinchilar bilan oldindan birga bir klubda, bir maydonda o'ynagansiz. Va adaptaciya jarayonlari hozirda Paxtakorda qanday ketyapti va bu sizningcha ertangi o'yinga ham tasir qilmaydimi?
 
Akmal Mozgovoy: Gapingizga qo'shilmayman, endi hammamiz o'rtoqdek, bitta oiladek. Adaptaciya deyarli bo'lmadi, yaxshi bo'lib, srazu hamma bilan o'ynaganmiz oldin ham, klubda ham. Adaptaciya yaxshi o'tyapti. Bu, xudo xohlasa, o'yinga xalaqit qilmaydi.
 
–  Ertaga mabodo Paxtakor chempion bo'ladigan bo'lsa, futbolchilarga qanaqadir qo'shimcha bonuslar bormi?
 
Kamoliddin Tojiev: Futbolchilarga bonuslar beriladimi qo'shimcha? Biz hali u to'g'risida gaplashganimiz yo'q.
 
 Akmal aka, adashmasam 2021 yildan beri ketma-ket bu oltinchi Superkubok bo'ladi yo ettinchi. Endi Paxtakorga o'tsangiz, endi Paxtakor shunaqa jamoaki, hamma biladi, eng tajribali o'yinchi o'ynaydi. Lekin Superkubok bo'yicha bu ketma-ket 21 yildan beri 22 yildan beri adashmasam aniq ketma-ket. 21-da eslolmadim. Ketma-ket o'ynab kelyapsiz. Shu Superkubok masalasida komandada sal maslahat berib, etakchilik qila olasizmi?
 
Akmal Mozgovoy: Shu Superkubokni yutish uchun keldik.



Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar