
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi ilk bor mazkur trofey uchun maydonga tushadi va shu tariqa turnirda ishtirok etgan klublar ro'yxati kengayadi.
Shu paytgacha Superkubok bahslarida jami 7 ta jamoa ishtirok etgan bo'lsa, "Neftchi" ushbu ro'yxatga sakkizinchi klub sifatida qo'shiladi. Bu esa Farg'ona klubi uchun ham, vodiy futboli uchun ham muhim voqea hisoblanadi.
Vodiydan uchinchi jamoa
Qayd etish joiz, bu bilan vodiydan Superkubokda ishtirok etgan uchinchi jamoa paydo bo'lmoqda. Bundan avval “Navbahor” va “Andijon” jamoalari bir martadan ushbu sovrin uchun kurash olib borgan, ammo hal qiluvchi bahsda mag'lubiyatga uchragan.
O'zbekiston Superkubogi-1999.
"Navbahor" (Namangan) - "Paxtakor" (Toshkent) 4:2
O'zbekiston Superkubogi-2025
"Nasaf" – "Andijon" 1:0

Rekord — "Paxtakor"da
Superkubok tarixida eng ko'p ishtirok etgan jamoa — Toshkentning "Paxtakor" klubi hisoblanadi. "Sherlar" ushbu turnirda 7 marta bosh sovrin uchun maydonga tushgan.
1999. "Navbahor" - "Paxtakor" 4:2
2015. "Paxtakor" – "Lokomotiv" 0:4
2016. "Nasaf" - "Paxtakor" 1:0
2021. "Paxtakor" - "Nasaf" - 1:0
2022. "Paxtakor" – "Nasaf" 1:0
2023. "Paxtakor" – "Nasaf" 1:2
2024. "Paxtakor" – "Nasaf" 1:1 (pen 3:4)
Ishtiroklar soni bo'yicha keyingi o'rinlarda "Nasaf" va "Lokomotiv" jamoalari joy olgan. Qarshi klubi Superkubokda 6 marta, "temiryo'lchilar" esa 3 marta qatnashgan.
Qolgan jamoalar esa bir martalik ishtirok bilan cheklangan.

O'zbekiston Superkubogi ishtirokchilari soni:
"Paxtakor" — 7
"Nasaf" — 6
"Lokomotiv" — 3
"Navbahor" — 1
"Andijon" — 1
"Bunyodkor" — 1
OKMK — 1
Endilikda ushbu ro'yxatga "Neftchi" ham qo'shilib, turnir tarixidagi ishtirokchi jamoalar soni yana bittaga ko'paydi. Farg'onaliklar debyut uchrashuvida qanday natija qayd etishini ertaga bilib olamiz.