
Unda O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice–prezidenti Ravshan Irmatov ishtirok etib, hakamlar faoliyati yuzasidan o'z fikr va tavsiyalarini bildirdi. Shuningdek, mazkur tur uchrashuvlari bo'yicha tahlillar Farhod Abdullaev, Valentin Kovalenko, Bobur Haydarov va Jahongir Saidovlar tomonidan olib borildi.

Yig'ilish davomida Ravshan Irmatov quyidagi muhim jihatlarga to'xtalib o'tdi:
Qoidalar talqini: "Futbol qoidalari allaqachon ishlab chiqilgan. Uni o'zgartirish yoki qo'shimcha talqin qilish to'g'ri emas. Agar kimdir qoidalarni o'zicha talqin qilmoqchi bo'lsa, mahalla futbolini boshqarsin. Superliga hakami har bir vaziyatni aniq mezonlar asosida baholashi lozim";
Qaror qabul qilish: Qarorlar o'yinning so'nggi daqiqalari yoki muxlislar reakciyasidan kelib chiqib emas, balki o'yin qoidalariga tayangan holda qabul qilinishi shart;
Tizimli yondashuv: Superliga, Proliga va Birinchi liga uchrashuvlarida barcha hakamlar bir xil yondashuv asosida ishlashi kerak. Hech bir hakam o'zboshimchalik bilan qaror chiqaradigan tizim bo'lmasligi lozim;
Intizom va ekipirovka: Klublar va futbolchilar belgilangan ekipirovka tartibiga amal qilishi shart. Qoidani buzganlar, kim bo'lishidan qati nazar, jazolanadi.

Yig'ilishda ayrim uchrashuvlardagi bahsli vaziyatlar misol tariqasida ko'rib chiqildi:
"Surxon" – "Bunyodkor": VAR orqali gol bekor qilingan epizod yuzasidan fikr almashildi.
"Dinamo" – "Nasaf": "Dinamo" futbolchisiga nisbatan qizil kartochka ko'rsatilmagan vaziyat tahlil qilindi. Ushbu holatda hakam Doston Rahmonovga aniq qizil kartochka ko'rsatilishi kerakligi bo'yicha ko'rsatma berildi.

"Mashal" – "Qizilqum": VAR orqali epizod qayta ko'rilganidan so'ng, bosh hakam G'ayrat Jo'raev tomonidan qizil kartochka ko'rsatilishi lozimligi qayd etildi.

Yakunda hakamlar faoliyati muntazam ravishda kuzatib borilishi, keyingi tayinlovlar esa bevosita maydondagi ish sifatiga qarab amalga oshirilishi takidlandi.