"Arkadag'" ketma-ket ikkinchi yil Turkmaniston kubogi sohibiga aylandi

  • Mr.NoBoDy 14.03.2026 18:32
  • 450
  • 30

Joriy yilning 12 mart kuni Turkmaniston poytaxtidagi "Ashxobod" ko'p tarmoqli stadionida futbol bo'yicha Turkmaniston federaciyasi kubogining hal qiluvchi bahsi bo'lib o'tdi.

Unda "Arkadag'" jamoasi "Shagadam" ustidan 2:0 hisobida ishonchli g'alaba qozonib, bosh sovrinni qo'lga kiritdi.

Uchinchi o'rin uchun kechgan uchrashuvda "Ahal" jamoasi "Ashxobod" futbolchilarini 2:0 hisobida mag'lub etdi. Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Malumot uchun, joriy yilgi kubok bahslarida jami sakkizta jamoa ishtirok etdi: "Arkadag'", "Ahal", "Shagadam", "Merv", "Ashxobod", "Nebitchi", "Kopetdag" hamda Turkmaniston U-20 yoshlar terma jamoasi.

Turkmaniston FF kubogi. Final

"Shagadam" – "Arkadag" – 0:2

Gollar: Meylis Diniev (3), Didar Durdiev (61).

Ogohlantirish: Begench Gylychnyyazov (90+1).

Hakamlar: B. Atdiev, SH. Yusupov, A. Annamuradov, M. Shanazarov.

Nazoratchi: A. Xadjypolatov.


3-o'rin uchun bahs

"Ahal" – "Ashxobod" – 2:0

Gollar: Ashir Jumadurdiev (79), Mergen Nurliev (81, avtogol).

Hakamlar: A. Begnazarov, X. Amanmamedov, K. Berseneva, S. Muradova.

Nazoratchi: K. Seydov.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar