
Hamyurtlarimiz Sherzod Temirov va Marlen Chobanov to'p tepadigan "Arbil" kecha "Al Mina" jamoasini mehmon qildi. Qiziqarli o'tgan bellashuvda "Arbil" raqibini 3:2 hisobida engdi. Quvonarlisi mezbonlarning barcha goliga Sherzod Temirov mualliflik qildi. Bu Temirovning Iroq chempionatidagi ilk xet-trigi hisoblanadi, Chobanov esa o'yinda to'liq harakat qildi.
O'zbekistonlik hujumchining Iroq chempionatidagi gollari soni 19 taga etdi va to'purarlar poygasida etakchilikni saqlab qoldi.