
Unga ko'ra, Kristian Romero, Joao Palinya, Mikki Van de Ven va Iv Bissuma yakshanba kungi uchrashuvda ishtirok etishmaydi.
"Buning uchun ham yig'lash, ham kurashish kerak. Biz qurbon bo'lishimiz va shundan keyin: "Buni uddalaymiz, nimalarnidir o'zgartira olaman", deyishimiz ham mumkin. To'g'risini aytaman, faoliyatim davomida bunchalik ko'p jarohatni hali ko'rmaganman", - dedi Tudor.
Ingliz matbuotining yozishicha, agarda "Tottenxem" "Liverpul"ga ham yutqazsa, Tudor ishdan bo'shatilishi mumkin.