
"Barselona"ga o'tish qarorim faoliyatimdagi eng qiyini bo'ldi. "Bavariya"da o'ynab, barcha sovrinlarni yutdim va endi qadam tashlash kerakligini tushundim.
"Barselona"ga o'tmasimdan oldin ularga qarshi o'ynaganimda, jamoaga nimadir etishmayotganini his qilardim. Klub unchalik yaxshi bo'lmagan davrni boshidan o'tkazdi va oldingidek bo'la olmadi.
Odamlar mening yoshimni ko'p gapirishini bilaman. To'g'risini aytsam, menga umuman farqi yo'q. Agarda statistikalarimga qarasak, men hali ham yuqori darajada o'ynamoqdaman", - dedi futbolchi.
37 yoshli Levandovski ushbu mavsumda 34 o'yinda maydonga tushib, 14 gol va 3 assist qayd etdi.