Islom Qobilov: "Zaxiradan tushgan jamoadoshlar bilan o'yinni kuchaytirib, bir ochkoni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldik"

  • Mr.NoBoDy 13.03.2026 12:48
  • 301
  • 30

"So'g'diyona" himoyachisi Islom Qobilov OKMK bilan (2:2) bahsdan keyin fikrlarini bildirib o'tdi

– Bugungi o'yin qanday taassurot qoldirdi? "So'g'diyona" ilk ochkosini qo'lga kiritdi...

– O'yinga puxta tayyorgarlik ko'rgandik. Iloji boricha, oddiyroq o'yin o'tkazmoqchi edik. Murabbiyimizning ko'rsatmasi bilan birinchi golni urishga muvaffaq bo'ldik. Keyin OKMK jamoasi o'yinni kuchaytirib, oldinga chiqib oldi. Zaxiradan tushgan jamoadoshlar bilan o'yinni kuchaytirib, biz ham bir ochkoni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldik.

– OKMK va "So'g'diyona" jamoalari ishtirokidagi oxirgi o'yinlarda kamida uchta gol urilmoqda. Bu raqibning ochiq o'yin ko'rsatishi bilan bog'liqmi yoki boshqa sabablar ham bormi?

– Albatta, bunga ochiq o'yin sabab. Mirjalol Qosimov ham shunday uslubni xush ko'radi, bizning murabbiyimiz ham ochiq o'yin tarafdori. O'yin avvalida 15-20 daqiqa jamoalar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishar, lekin keyinchalik ikki jamoa ham ochiq o'yinga kirishib ketadi. Shunga gollar ko'payadi.

– "So'g'diyona"ning oldiga qo'yilgan vazifa, maqsadlar haqida...

– "So'g'diyona" oxirgi 3-4 yildan beri faqat yuqori o'rinlarni maqsad qilgan. Mavsum starti ko'ngildagidek bo'lmadi. Iloji boricha, ochkolarni qo'lga kiritib, mavsumni yuqori o'rinlarda yakunlashga va Kubokda uzoqroqqa borishga harakat qilamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar