Qosimov: "OKMKni chempion qila olmadim, degan armon? Qilingan ishlar bir kun kelib o'z samarasini beradi"

  • Mr.NoBoDy 13.03.2026 12:24
  • 213
  • 30

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "So'g'diyona"ga qarshi (2:2) 3-tur o'yinidan keyin chempionlik haqidagi savolga batafsil javob berdi.

- Bir kun kelib OKMKni tark etganingizda jamoani chempion qila olmadim degan armon qiynamaydimi?

- Hozir shunga yaqin gapni kiyim almashtirishda xonasida jamoaga ham aytdim. O'z paytida biz ham kimningdir o'rniga futbolga kirib kelganmiz. Ko'p yil futbol o'ynadim, tugatdim va mening ham o'rnimga boshqalar keldi. Charxpalak to'xtab qolmaydi, aylanaveradi. Kun otadi, quyosh botadi, vaqt o'taveradi. Lekin Alloh bergan vaqtni mazmunli o'tkazish kerak. Futbolda ham, hayotda ham shu.

O'z paytida armonim Jahon chempionatiga chiqa olmaganimiz bo'lgandi, mana vaqt o'tib shu davrlar ham keldi. Terma jamoamiz Jahon chempionatiga chiqdi. Hamma narsa imkoniyatdan kelib chiqib qilinadi. Bekorga ko'rpangga qarab oyoq uzat, deyishmaydi. Hammamiz yanada ko'prog'ini xohlaymiz. Futboldagi gaplar bizdan oldin ham bo'lgan, bizdan keyin ham bo'ladi.

To'g'risini aytsam, men kelgunimga qadar Olmaliqda bolalar futbolini rivojlantirish hech kimga qiziq bo'lmagan. Yaqinda klub akademiyasi ochildi, bolalar futboli uchun qadam tashlandi, bu ishlar endi-endi yo'lga qo'yilyapti. Bunga men ham o'z hissamni qo'shganimdan xursandman, ammo bu bilan maqtanmoqchi emasman, qilingan ishlarning hammasi shu erda qoaldi. Men hech nimani ko'tarib olib ketmayman. Shu qilingan ishlar bir kun kelib o'z samarasini beradi. 

Bitta daraxt eksang, ertaga soyasida kimdir o'tiradi. Biz ham qaerdadir xato qilgandirmiz, beayb Parvardigor. Hammasiga sabr qilish kerak. Mashinada ketayotib, oldindagi "Damas" oynasidagi yozuvga ko'shim tushib qoluvdi, lotinchada yozilgan ekan: "Bir gap bo'lar, qaysi biriga siqilay". Xullas, shunaqa gaplar.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar