Abduvohid Nematov: "Neftchi" haqidagi xabarlar rost edi, ammo "Nasaf"da qolishga qaror qildim"

  • Mr.NoBoDy 13.03.2026 00:16
  • 443
  • 30

Superliga 3-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Nasaf" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa posboni Abduvohid Nematov bugungi uchrashuv bo'yicha izoh berib o'tishdi.

"Ikki jamoa ham munosib kurashdi. G'alaba uchun kelgandik. Dastlabki xavfli vaziyatimizdan foydalanganimizda g'alaba qozonib ketishimiz mumkin edi. "Dinamo" ham yutib ketishi mumkin edi. Qizil kartochka bor edi, menimcha. Vaziyat takrorini ko'rganim yo'q. Maydonda qizil kartochka bordek ko'rindi.

"Neftchi" haqidagi xabarlar yolg'onmas edi. "Nasaf" bilan shartnomam bor va viloyat hokimi bilan shaxsan uchrashdik. "Nasaf" qolishga va jamoa uchun yanada ko'proq harakat qilamiz", - deya aytib o'tdi Abduvohid Nematov uchrashuv yakunlangach.



Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar