Argentina Finalissima "Santyago Bernabeu"da o'tkazilishini istamayapti

  • Mr.NoBoDy 12.03.2026 19:56
  • 311
  • 30

Argentina futbol federaciyasi (AFA) Finalissima 27 mart kuni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida o'tkazilishiga rozi emas, deb xabar bermoqda jurnalist Gaston Edul.

Manba malumotlariga ko'ra, AFA uchrashuvning yangi o'tkazilish joyini rad etgan va bu haqda Janubiy Amerika futbol konfederaciyasi (KONMEBOL)ni allaqachon xabardor qilgan. KONMEBOL esa bu malumotni UEFAga etkazishi kerak.

Finalissima — Evropa chempionati va Amerika Kubogi g'oliblari o'rtasidagi bir o'yindan iborat turnir. Bu yil sovrin uchun Argentina va Ispaniya kurashadi.

Avvalroq Finalissima "Santyago Bernabeu"ga yo'l olayotgani haqida xabar berilgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar