Superliga. Shiddatli kechgan bahsda OKMK va So'g'diyona o'zaro durang o'ynadi

  • Mr.NoBoDy 12.03.2026 21:32
  • 679
  • 30

Superliga 3-turidan o'rin olgan OKMK – "So'g'diyona" bahsi yakunlandi

Superliga

3-tur

OKMK – "So'g'diyona" 2:2

Gol: 45+1 - Lyupcho Doriev (Oybek Nurmatov), 54-  Siyavash Haqnazari (Saidafzalxon Axrorov), 74  Abror Karimov, 90+1 - Otabek Jo'raqo'ziev (Javohir Qahramonov)

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Abdurashid Erkinov

Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Dildora Rustamova

Nazoratchi: Jahongir Saidov

Komissar: Sherzod Rajabov

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 4.Mirjamol Qosimov (16.Naoaki Senaga,46), 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 9.Aziz Xolmurodov ( 27.Urosh Koyich, 81), 10.Asadbek Sobirjonov (88.Siyavash Haqnazariy.46), 17.Nodirbek Abdurazzoqov, 22.Saidafzalxon Axrorov (19.Ahmadullo Muqumjonov, 73), 28.Arixiro Sentoku (18.Rian Islamov,86), 44.Abror Karimov.

Zaxira: 23.Hamidullo Abdunabiev, 8.Abubakr Rizo Turdialiev, 11.Ali Abdurahmonov, 13.Eldorbek Begimov,  

"So'g'diyona": 18.Nikola Mirkovich, 3.Islom Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 7.Aleksandr Bolevich, 8.Suhrob Izzatov, 9.Feysal Mulich (11.Otabek Jo'raqo'ziev,70), 13.Filip Ivanovich, 14.Lyupcho Doriev (10.Javohir Qahramonov, 46), 17.Ollabergan Karimov (70.Jasurbek Jaloliddinov.58), 32.Nodirjon Soyibov, 77.Oybek Nurmatov (2.Zoir Jo'raboev, 58).

Zaxira: 1.Shohruh Isoqov,  29.Amirbek Saidov, 30.Muhammadayub Omonov, 42.Sardorbek Erkinov, 47.Abduazim Ortiqov, 

Ogohlantirish: 11 - Ollabergan Karimov, 43- Ivan Boshkovich, 57 - Giorgi Papava, 61  Suhrob Izzatov, 90 - Islom Qobilov, 90+4 - .Naoaki Senaga


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90+4. Senaga Jo'raqo'zievga qarshi qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi

90+1. GOOOL. Qarshi hujumda OKMK jazolandi. Qahramonovning uzatmasidan so'ng to'pni Jo'raqo'ziev darvozani aniq nishonga oldi

Hakam ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 4 daqiqa qo'shib berdi

90. Qobilov hakam tomonidan ogohlantirildi

86. Sentokuning o'rniga Islomov maydonga tushdi

86. Qahramovning zarbasi sekin chiqdi va to'pni Ilyosov qiyinchiliksiz ushlab oldi

81. Koyich Xolmurodovning o'rniga maydonga tushdi

77. Sentokuning uzoqdan yo'llagan zarbasi uzoqlarga ketdi

74. GOOOL. Abror Karimov burchakdan uzatilgan to'pdan so'ng hisobni OKMK foydasiga o'zgartirmoqda

73. Ahrorovning o'rniga Muqimjonov maydonga tushdi

70. Mulichning o'rniga Jo'raqo'ziev maydonga tushdi

66. Jasur Jaloliddinovning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq chiqdi

61. Izzatov maydon markazida qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi

61. Haqnazari Ivanovichdan juda chiroyli o'tib ketdi va to'pni uzatdi, biroq Sentokuning zarbasi noaniq ketdi

58. Jo'raboev va Jaloliddinov maydonga tushdi. Ular Nurmatov va Karimovni alishtirishdi

57. Papava hakam tomonidan ogohlantirildi

54. GOOOOL. Siyavash Haqnazari hisobni tenglashtirdi. Bu Olmaliq jamoasi uchun mavsumdagi ilk gol. Ushbu golda Ahrorovning uzatmasini alohida takidlash lozim

50. Uzatma golga aylanib ketishi mumkin edi. Karimovning uzatmasini Ilyosov qiyinchilik bilan qaytardi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Ikkinchi bo'lim avvalida har ikki jamoada o'zgarishlar. Senaga va Haqnazari maydonga tushdi, ular Qosimov va Sobirjonovni alishtirdi. Mehmonlar safida esa Dorievning o'rniga Qahramonov tushdi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+1. GOOOL. Lyupcho Dorievdan ajoyib gol. Mehmonlar sardori jarima maydonchasiga kirmasdan to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi

43. Mehmonlar ustozi Ivan Boshkovich hakam bilan tortishgani uchun ogohlantirildi

42. Sobirjonov raqib maydonchasiga kirmasdan zarba yo'lladi, biroq bu zarba ham noaniq ketdi

39. Doriev yaxshi harakat qildi va to'pni raqib maydonchasiga uzatdi, bu vaziyatda jizzaxliklardan hech kim raqib darvozasiga to'pni joylay olmadi

36. Uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyat. Sobirjonovning uzatmasidan so'ng Papava boshi bilan zarba yo'lladi, bu vaziyatda raqib darvozaboni yaxshi harakat qildi

36. Nodirbek Abdurazzoqovning jarimadan yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi

33. Nurmatov raqib maydonchasiga yaxshi kirib bordi va zarba yo'lladi, biroq uning zarbasi juda noaniq ketdi

32. Nikola Mirkovich juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. biroq Nodir bu safar o'z imkoniyatidan foydalana olmadi

27.Ahmadalievning burchakdan uzatgan to'pini Nikola Mirkovich qiyinchiliksiz ushlab oldi

18. Mezbonlarning ilk vaziyati. Abdurazzoqovning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

16. VARdagilar maydondagi hakamlar to'g'ri qaror qabul qilganlarini tasdiqlashdi. Uchrashuv davom etadi, hisob 0:0

15. Feysal Mulich hisobni ochgandi, biroq yon hakam bayrog'ini ko'tardi. Vaziyatga VAR aralashmoqda

11. Ogohlantirish. Ollabergan Karimov Sentokuni maydon markazida to'xtatib qoldi va hakam tomonidan ogohlantirildi

8. Uchrashuv asosan maydon markazida o'tmoqda. Har ikki jamoa uchun bugun ochko juda zarur, chunki har ikkisi ham joriy mavsumning dastlabki ikki turida mag'lub bo'lgandi



Uchrashuv boshlandi!

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar