Superliga. "Nasaf" so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga "Dinamo" bilan durang o'ynadi

  • Mr.NoBoDy 12.03.2026 22:00
  • 438
  • 30

Superliga 3-turidan joy egallagan uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

Superliga. 3-tur

"Dinamo" – "Nasaf" 1:1

Gollar: 44 - Anvar Hojimirzaev, 90+2 - Sharof Muhitdinov

Samarqand. "Dinamo" stadioni. 20:00

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Yordamchi hakamlar: Shohruh Yo'ldoshev, Sardor Umrzoqov

Zaxira hakami: Mamurjon Ilhomov

VAR: G'ayrat Jo'raev

AVAR: Maksim Nexochin

Nazoratchi: Viktor Serazitdinov

Komissar: Diyor Xotamqulov

"Dinamo": 1.Edem Nemanov, 5.Mahamadu Dembele (19.Mauro Brazil, 75'), 6.Jahongir O'rozov, 7.Sanjar Qodirqulov (17.Salim Mustafoev, 46'), 8.Azizbek Amonov, 10.Anvar Hojimirzaev (99.Ulug'bek Hoshimov, 82'), 15.Rasul Yo'ldoshev (97.Til Mavretich, 78'), 20.Jaloliddin Jumaboev, 21.Jahongir Abdusalomov, 37.Firdavs Abdurahmonov, 44.Kingsli Sarfo (16.Dramane Salou, 46').

Zaxira: 13.Ravshanbek Yagudin, 4.Nurillo To'xtasinov, 11.Xislat Xalilov, 91.Bektemir Abdumannonov. 

"Nasaf": 1.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov (22.Diyor Abdunazarov, 46'), 5.G'olib G'aybullaev (32.Quvonch Xushvaqtov, 61'), 6.Sardor Bahromov (27.Yashnarbek Berdirahmonov, 79'), 7.Adenis Shala, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov (33.Bahodir Xalilov, 89'), 10.Bobir Abdixoliqov (80.Davron Usmonov, 79'), 14.Sharof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 17.Murod Rahmatov, 92.Umar Eshmurodov.

Zaxira: 21.Samandar Muratbaev, 4.Akramjon Komilov, 20.Yusuf Otubanjo, 99.Kingsli Sokari.

Ogohlantirishlar: 13 - Azizbek Amonov, 18 - Jahongir Abdusalomov, 33 - Oybek Rustamov, 90 - Edem Nemanov

Match-senterda ochish



90+4. Hammasi joyida, hisob 1:1. 

90+3. Gol bo'lgan vaziyatni VAR o'rganib chiqmoqda.

"Nasaf" yarim himoyachisining chap oyoqda kuchli tarzda bergan zarbasi aniq bo'ldi!

90+2. GOL! Sharof Muhitdinov hisobni tenglashtirdi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

87. Shalaning darvoza tomon yo'llagan zarbasini Nemanov qaytardi.

81. "Nasaf"da muammolar bordek. Jamoaning hujumlarida mano ko'rinmayapti. 

73. Sardorbek Bahromovning zarbasi Nemanov qaytardi.

68. Yaxshi uzatma bo'ldi Xojimirzaevga, ammo to'pni Nematov ushlab oldi. Sal qolsa kechagi Braim Diasning pasidan bo'lib ketardi)

64. O'yin tempi biroz tushdi. Oxirgi 10 daqiqada aytarli vaziyat ko'rmadik.

60. G'olib G'aybullaev jarohat olib, o'yinning qolgan qismini zaxiradan kuzatishi malum bo'ldi.

54. Abdusalomovdan zarba, biroq kuchsiz bo'ldi.

50. "Nasaf" hujumda, ammo xavfli tus olmadi.

46. Bo'limni qarshiliklar bir, samarqandliklar ikki o'zgarish bilan boshladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

Firdavs Abdurahmonov "Nasaf"ning bir nechta himoyachisini aldab o'tib jarima maydonchasiga kirdi, to'pni Xojimirzaevga uzatdi, Anvarning zarbasi esa golga aylandi.


44. GOL! Anvarjon Xojimirzaev hisobni ochdi!

41. Xojimirzaevning uzoqdan tepgan to'pi noaniq bo'ldi.

37. Yaxshi imkoniyat bo'ldi "Dinamo"da. To'p darvozaga kirib ketayotganda qarshiliklar vakili qaytarib yubordi.

32. "Nasaf" hujumda faol, biroq hozircha ulardan naf chiqmayapti. Maydon egalari esa ko'p hollarda qarshi hujumda o'ynamoqda.

24. Zo'r zarba Xojimirzaevdan! Qulay nuqtaga chiqib darvoza tomon tepdi, Nematovdan ajoyib seyv!

21. Xavfli vaziyat! Bobir Abdixoliqov o'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga yo'lladi, Nemanov ajoyib tarzda qaytardi!

21. Amonov darvoza tomon zarba berdi, to'p rekoshetga uchrab maydonni tark etdi.

18. Qizil kartochka ko'rsatilmadi, o'yin davom etadi.

15. Yana to'qnashuv, Rustamovga zarba berildi. VAR ehtimoliy qizil kartochkani ko'rib chiqmoqda.

12. Amonov va Nematov to'qnashib ketdi, Abduvohid jarohatlangan bo'lishi mumkin.

10. Bobir Abdixoliqovning bosh bilan bergan zarbasi birozgina noanq bo'ldi.

6. Jumaboev uzoqdan zarba berdi, Nematov qaytardi.

1. O'yin boshlandi!


- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Superliga 3-turidan joy olgan "Dinamo" – "Nasaf" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib borishga taklif qilamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar