"Borussiya" azosi "Manchester Siti"ga qaytmaydi

  • Mr.NoBoDy 12.03.2026 19:40
  • 329
  • 30

Dortmundning "Borussiya"si uzoq muddatli istiqbol uchun o'z poziciyalarini mustahkamlashda davom etmoqda.

Dortmund klubi nemis yarim himoyachisi Feliks Nmecha bilan shartnoma uzaytirilganini rasman elon qildi. Futbolchi "qora-sariqlar" bilan 4 yillik kelishuvni imzoladi.

Qayd etish joiz, 2023 yilda "Volfsburg"dan "Borussiya"ga o'tgan Nmecha moslashuv davridagi qiyinchiliklar va jarohatlarni engib o'tib, asosiy tarkibning muhim futbolchisi sifatida o'zini ko'rsata oldi. U, shuningdek, Germaniya terma jamoasiga muntazam chaqiruv olib turibdi.

25 yoshli o'yinchi joriy mavsum  "Borussiya" safida 38 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

Eslatib o'tamiz, Nmecha "Manchester Siti" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar