Gvardiola: "Kurtua ajoyib o'yin ko'rsatdi, deb o'ylamayman"

  • Mr.NoBoDy 12.03.2026 09:48
  • 333
  • 30

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasida "Real"ga qarshi birinchi uchrashuv (0:3)dan so'ng madridliklar darvozaboni Tibo Kurtuaning o'yini haqida fikr bildirdi.

"Menda ojizlik hissi yo'q. Biz Kurtua jiddiy tarzda o'yinga aralashishiga majbur bo'ladigan vaziyatlar yarata olmadik. Ammo qancha bor jarima maydoni ichiga kirdik va hal qiluvchi so'nggi pas etishmadi… Agar siz shu nuqtagacha etib borgan bo'lsangiz, demak, umuman olganda to'g'ri harakat qilyapsiz. Bizda Kurtua ajoyib o'yin o'tkazdi, degan hissiyot yo'q. Bizga faqatgina kichik bir detal etishmadi. Agar shuni bajara olganimizda, albatta gol urar edik", — dedi Gvardiola.

Malumot uchun, jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 17 mart kuni Manchesterdagi "Etixad" stadionida bo'lib o'tadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar