
"Yuqoridagi savol ko'pchilikni qiziqtirayotgan bo'lishi tabiiy. Mendagi malumotga ko'ra, Yaxshiboev transfer oynasining oxirgi kunida "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolagan. Oradan 2-3 kun o'tib, futbolchi kelishuvni bekor qildirgan va "Ordabasi"ga ketgan. "Temiryo'lchilar" shundan keyin ham taxminan 1 hafta kutib turib, keyin Jasurni ligada ro'yxatdan o'tkazmagan.
"Lokomotiv" Yaxshiboev bilan shartnoma bekor qilinganini PFLda ro'yxatdan o'tkazib bo'lganidan keyin futbolchi yana toshkentliklar tarkibiga qaytmoqchi bo'lgan. Lekin u paytda kech edi. Yakunda vinger "Lokomotiv"ga ham, "Ordabasi"ga ham o'tolmay qolib ketdi", – deyiladi xabarda.