FIFA prezidenti JCH-2026 favoritini aytdi

  • Mr.NoBoDy 12.03.2026 13:32
  • 383
  • 30

FIFA prezidenti Janni Infantino 2026 yilgi Jahon chempionatining asosiy favoriti haqida fikr bildirdi.

"Ispaniya — boshqa jamoalar qatorida asosiy favoritlardan biri. Biz bu terma jamoa qanchalik kuchli ekanini yaxshi bilamiz.

Terma jamoalar reytingida etakchilik qilayotgan mamlakat har doim Jahon chempionati favoriti sifatida qaralishi kerak", – deya Infantinoning so'zlarini keltirdi "AS" nashri.

Qura natijasiga ko'ra, Ispaniya terma jamoasi "H" guruhiga tushdi va u erda Kabo-Verde, Urugvay hamda Saudiya Arabistoni jamoalariga qarshi o'ynaydi.

2026 yilgi Jahon chempionati yoz faslida — 11 iyundan 19 iyulgacha, bir vaqtning o'zida uch davlatda – AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar