40 yoshli Ochoa faoliyatidagi 6-jahon chempionatiga borishi kutilmoqda

  • Mr.NoBoDy 12.03.2026 15:22
  • 48
  • 30

Meksikaning «Amerika» klubi darvozaboni Luis Malagon KONKAKAF Chempionlar kubogi 1/8 finali doirasida «Filadelfiya Yunion»ga qarshi kechgan bahsda (1:0) jarohat oldi.

Meksika terma jamoasining 29 yoshli posbonida axill paychasining uzilishi tashxisi qo‘yildi. DAZN nashrining xabar berishicha, bu uning 2026 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishini anglatadi.

Malagonning jarohati 40 yoshli Gilyermo Ochoaga Meksika, AQSH va Kanada mezbonlik qiladigan uy mundiali qaydnomasidan joy olish imkoniyatini taqdim etmoqda. Hozirda Kiprning AYEL klubida to‘p tepayotgan Ochoa uchun ushbu turnir faoliyatidagi oltinchi Jahon chempionati bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Meksika terma jamoasiga «Chivas» darvozaboni Raul Ranxel va «Santos Laguna»dan Karlos Asevedo chaqirilishi kutilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar