OKMK ilk g'alabasini qo'lga kiritadi, Samarqandda nima ko'ramiz? - Ekspert fikri

  • Mr.NoBoDy 12.03.2026 09:08
  • 700
  • 30

Superliganing 3-turi finishidamiz.

Toshkentda OKMK - "So'g'diyona", Samarqanddagi "Dinamo" - "Nasaf" uchrashuvi bilan turga yakun yasab beriladi. Birinchi to'qnashuvda joriy mavsumda g'alaba nimaligini bilmagan jamoalar uchrashsa, ikkinchisida o'ziga hos murabbiylar dueliga guvoh bo'lamiz. Bu o'yinlar oldidan saytimizning 3-tur eksperti Artyom Filiposyanning fikrlarini etiboringizga havola qilamiz.

Match-senterda ochish

— OKMK – "So'g'diyona" uchrashuviga kelsak, har ikki jamoa ham chempionatning dastlabki ikki turida mag'lubiyatga uchradi. Shu bois bu bahs ular uchun juda muhim ahamiyatga ega. OKMK favorit sifatida ko'rinmoqda va olmaliqliklar ushbu o'yinda g'alaba qozonishi mumkin.

Match-senterda ochish

— "Dinamo" – "Nasaf" to'qnashuvi esa muxlislar uchun qiziqarli va kurashlarga boy o'yin bo'lishi kutilmoqda. Samarqandliklar avvalgi turda safarda "Bunyodkor"ni mag'lub etib qaytishdi. "Nasaf" ham o'z navbatida turni g'alaba bilan boshladi. Har ikki jamoaga omad tilaymiz. "Nasaf" ham, "Dinamo" ham men uchun qadrli klublar — chunki men bu jamoalarda to'p tepganman. Shu bois bu bahsda kim kuchli bo'lsa, o'sha jamoa g'alaba qozongani maqul. Umuman olganda, bu o'yinda jamoalarning imkoniyatini 50/50 deb baholash mumkin.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar