Superliga. "Buxoro" o'z uyida "Xorazm" bilan durang o'ynadi

  • Mr.NoBoDy 11.03.2026 21:48
  • 44
  • 30

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Xorazm" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Buxoro" – "Xorazm" 1:1  
11 mart 2026. Buxoro, "Buxoro FA" stadioni. 19:45
Hakamlar: 
Abdurashid Xudoyberganov, Oybek Boboev, Atham Sunnatov, Nurbek Sheraliev
VAR: Nikita Mustafin
AVAR: Roziyabonu Yusupova
Nazoratchi: Rustam Bobomurodov
Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev.

Gollar: Vladimir Rodich 36, - 1:0. Azizjon Ahrorov 49, - 1:1 (Elzio Loxan). 

"Buxoro": 12.Umidjon Hamroev, 2.Velko Filipovich, 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Xurshidbek Muxtorov, 10.Shahzodbek Ubaydullaev, 17.Javohir Ro'ziev, 25.Sherzod Esanov (21.Mixeil Basheleishvili, 83), 27.Muhammad Yo'ldoshev, 78.Vladimir Rodich, 88.Dominik Begich (22.Asadbek Jo'raboev, 67), 97.Shahboz Jo'rabekov.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 4.Nodirbek Ahmadjonov, 5.Sardor Qulmatov, 11.Temur Mamasiddiqov, 14.Alisher Xayrullaev, 42.Kiril Todorov, 70.Og'abek Mahmadaminov.

"Xorazm": 33.Nikola Stoshich, 2.Diyorbek Ortiqboev, 6.Abbosjon Otaxonov, 7.Temurbek Ismoilov, 10.Yanis Leri (97.Bubakar Traore, 83), 13.Elzio Loxan, 15.Azizbek Pirmuhammadov, 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 25.Matiya Rom, 79.Azizjon Ahrorov, 96.Rafael Sabino.
Zaxira: 3.Ravshanbek Sultonov, 6.Shohjahon Sultonmurodov, 8.Nodirbek Abduxoliqov, 13.Mashhurjon Muhammadjonov, 17.Daniil Nug'monov, 20.Danila Ejov, 70.Sultonboy Ismoilov, 88.Abror Xo'sinov.

Ogohlantirishlar: Shahzodbek Ubaydullaev 7, Javohir Ro'ziev 53, Azizjon Ahrorov 58, 



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+3. O'yin tugadi. "Buxoro" - "Xorazm" 1:1

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi 

83. O'zgarish. "Xorazm". Leri o'rniga Traore tushdi 

83. O'zgarish. "Buxoro". Esanov o'rniga Basheleishvili tushdi

80. O'yin tugashiga 10 daqiqa qoldi 

77. Zarba! Esanovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasidan keyin Stoshich to'pni ushlab oldi 

72. Zarba! Ahrorovning zarbasi yo'liga Muxtorov to'g'anoq bo'ldi! 

67. O'zgarish. "Buxoro". Begich o'rniga Jo'raboev tushdi

66. Zarba! Ahrorovning zarbasi noaniq ketdi 

58. Ogohlantirish. "Xorazm". Azizjon Ahrorov 

58. Zarba! Loxanning zarbasidan keyin Hamroev to'pni ushlab oldi 

57. Xavfli vaziyat! Yo'ldoshevning zarbasini Ubaydullaev darvozaga to'g'rilashga urindi, baribir noaniq chiqdi! 

53. Ogohlantirish. "Buxoro". Javohir Ro'ziev 

49. "Buxoro" bu mavsumda birinchi marta gol o'tkazib yubordi. 

49. GOL! Azizjon Ahrorov! Chap qanotdan Elzio Loxan oldinga o'tib qulayroq vaziyatda turgan sherigiga to'pni uzatdi, Ahrorov ikki himoyachi orasidan to'pni darvozaga yo'lladi - 1:1. 

46. ZARBAAAA! Esanovning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Ubaydullaev yaqin masofadan noaniq yo'lladi! 

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 1:0. 

45. Birinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi 

45. Xavfli vaziyat! Rodichning chiroyli to'p uzatishidan keyin Ubaydullaev birga bir vaziyatga chiqib ketishga yaqin keldi, ammo to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi. 

43. Zarba! Ravshan Xayrullaevning zarbasi noaniq ketdi

36. GOL! Vladimir Rodich! Autdan Jo'rabekov otgan to'pni Filipovich boshi bilan darvoza yaqiniga oshirdi, himoyachidan qaytgan to'pni Rodich chiroyli zarba bilan darovzaga yo'lladi - 1:0. 

35. "Buxoro"da jarima to'pi, Muhammad Yo'ldoshevning darvozaga bergan zarbasidan keyin Stoshich to'pni qaytardi! 

24. Ikkala jamoa ham ehtiyotkor o'ynamoqda, xavfli vaziyatlar deyarli yo'q

19. Zarba! Vladimir Rodichning zarbasidan keyin Stoshich to'pni qaytardi! 

15. Xavfli vaziyat! Rodich va Begichning faolligidan keyin "Xorazm" darvozasi yonida xavfli vaziyat sodir etildi, Sabino to'pni maydon tashqarisidan chiqarib yubordi.

13. ZARBAAA! Jo'rabekovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Esanov boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq! 

7. Ogohlantirish. "Buxoro". Shahzodbek Ubaydullaev 

5. "Xorazm"ning hujumi, Ahrorovning jarima maydoniga uzatgan to'pini Filipovich qaytardi. 

5. Zarba! Xayrullaevning zarbasidan keyin darvozabon to'pni qaytardi

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 19:45da boshlanadi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar