Stanislav Kudryashov "Surxon" nega yuta olmayotgani, jamoaning iqtidorlari haqida gapirdi

  • Mr.NoBoDy 11.03.2026 20:32
  • 329
  • 30

"Surxon" - "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Stanislav Kudryashov ishtirok etdi.

Kudryashov: "Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik, raqib yomon emas. Yoshlarga ko'p ishonishadi. Birinchi bo'limda gol etishmadi, buni uddalaganmizda g'alaba bizniki bo'lar edi".

- Jamoa o'z uyida kam gol uradi, mehmonda esa yaxshiroq o'ynaydi. Bu bosim bilan bog'liqmi?

- Yangilar ko'p, ular iqtidorli, potencial bor. Biroq ko'nikib olishi uchun biroz vaqt kerak. Qanotdan hujum qiladigan yoshlar, iqtidorlarni izlayapmiz. Hozir bunday futbolchilar juda qadrlanadi. Yoshlar jamoamizda ham yaxshi yigitlar etarli. Futbolda xatolar bo'ladi, ularni ustida ishlaymiz.

- "Surxon" bugun birinchi raqam bo'lib o'ynadi, ammo jamoaga omad kulib boqmadi. Hujumchilarda o'ziga bo'lgan ishonch etishmayaptimi?

- Mavsumni yaxshi boshlay olmadik. Avval "Loko"ga yutqazdik. Tezkor gol jamoaga tasir qildi va hakam penalti belgilamadi. "Neftchi" bilan birinchi bo'limda gol o'tkazmaganimizda, mag'lub bo'lmasdik. G'alaba kerakligi sabab biroz bosim ostidamiz. Futbolchilarga bemalol o'ynayvering, masuliyatni bo'ynimga olishim haqida aytdim. Mashg'ulotlarni ham biroz o'zgartirdik. Men ham o'rganyapman, sehrgan emasman. Tarkibda yoshlar etarlicha va hayajon borligi normal holat deb o'ylayman.

- Vaziyatga real qaraydigan bo'lsak "Surxon"dan chempionlik kutmaymiz. Surxondaryoda iqtidorlar ko'p, Kudryashov esa yoshlar bilan yaxshi ishlaydi. Bu mavsum yangi yosh yulduzlarni ko'ramizmi?

- Muhammadali Musoxonov, Behruz Karimov, Behruz Jumatov, Bexruz Shukurullaev, Jamshid Omonov, Umid Quvondiqov... Biz akademiya direktori bilan ishlayapmiz. Iqtidorli yigitlar ko'p. Abbos Fayzullaev, Eldor Shomurodov kabi aqlli futbolchi va insonlar. Futbolchi nafaqat maydonda, balki hayotda ham yaxshi inson bo'lishi kerak. Yigitlar to'g'ri o'sishi uchun mehnat qilyapmiz. Bunga biroz vaqt kerak, ammo ishmizni uddasidan chiqamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar