
Futbolchi ayni damda klubning eng ko'p maosh oluvchi besh futbolchisi qatoriga kirmaydi, shu bois neapolliklar shotlandiyalikning jamoaga o'tganidan buyon qo'shgan hissasini inobatga olgan holda bu vaziyatni to'g'rilamoqchi.
Maktominey "Napoli" safiga 2024 yilda kelib qo'shilgan, bungacha "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilgan.
Joriy mavsumda 29 yoshli yarim himoyachi "Napoli" safida barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Italiya klubi bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.