
"Buxoro" – "Xorazm" 1:1 LIVE
11 mart 2026. Buxoro, "Buxoro FA" stadioni. 19:45
Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Oybek Boboev, Atham Sunnatov, Nurbek Sheraliev
VAR: Nikita Mustafin
AVAR: Roziyabonu Yusupova
Nazoratchi: Rustam Bobomurodov
Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev.
Gollar: Vladimir Rodich 36, - 1:0. Azizjon Ahrorov 49, - 1:1 (Elzio Loxan).
"Buxoro": 12.Umidjon Hamroev, 2.Velko Filipovich, 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Xurshidbek Muxtorov, 10.Shahzodbek Ubaydullaev, 17.Javohir Ro'ziev, 25.Sherzod Esanov, 27.Muhammad Yo'ldoshev, 78.Vladimir Rodich, 88.Dominik Begich, 97.Shahboz Jo'rabekov.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 4.Nodirbek Ahmadjonov, 5.Sardor Qulmatov, 11.Temur Mamasiddiqov, 14.Alisher Xayrullaev, 21.Mixeil Basheleishvili, 22.Asadbek Jo'raboev, 42.Kiril Todorov, 70.Og'abek Mahmadaminov.
"Xorazm": 33.Nikola Stoshich, 2.Diyorbek Ortiqboev, 6.Abbosjon Otaxonov, 7.Temurbek Ismoilov, 10.Yanis Leri, 13.Elzio Loxan, 15.Azizbek Pirmuhammadov, 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 25.Matiya Rom, 79.Azizjon Ahrorov, 96.Rafael Sabino.
Zaxira: 3.Ravshanbek Sultonov, 6.Shohjahon Sultonmurodov, 8.Nodirbek Abduxoliqov, 13.Mashhurjon Muhammadjonov, 17.Daniil Nug'monov, 20.Danila Ejov, 70.Sultonboy Ismoilov, 88.Abror Xo'sinov, 97.Bubakar Traore.
Ogohlantirishlar: Shahzodbek Ubaydullaev 7,
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
49. "Buxoro" bu mavsumda birinchi marta gol o'tkazib yubordi.
49. GOL! Azizjon Ahrorov! Chap qanotdan Elzio Loxan oldinga o'tib qulayroq vaziyatda turgan sherigiga to'pni uzatdi, Ahrorov ikki himoyachi orasidan to'pni darvozaga yo'lladi - 1:1.
46. ZARBAAAA! Esanovning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Ubaydullaev yaqin masofadan noaniq yo'lladi!
46. Ikkinchi taym boshlandi
45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 1:0.
45. Birinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi
45. Xavfli vaziyat! Rodichning chiroyli to'p uzatishidan keyin Ubaydullaev birga bir vaziyatga chiqib ketishga yaqin keldi, ammo to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi.
43. Zarba! Ravshan Xayrullaevning zarbasi noaniq ketdi
36. GOL! Vladimir Rodich! Autdan Jo'rabekov otgan to'pni Filipovich boshi bilan darvoza yaqiniga oshirdi, himoyachidan qaytgan to'pni Rodich chiroyli zarba bilan darovzaga yo'lladi - 1:0.
35. "Buxoro"da jarima to'pi, Muhammad Yo'ldoshevning darvozaga bergan zarbasidan keyin Stoshich to'pni qaytardi!
24. Ikkala jamoa ham ehtiyotkor o'ynamoqda, xavfli vaziyatlar deyarli yo'q
19. Zarba! Vladimir Rodichning zarbasidan keyin Stoshich to'pni qaytardi!
15. Xavfli vaziyat! Rodich va Begichning faolligidan keyin "Xorazm" darvozasi yonida xavfli vaziyat sodir etildi, Sabino to'pni maydon tashqarisidan chiqarib yubordi.
13. ZARBAAA! Jo'rabekovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Esanov boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq!
7. Ogohlantirish. "Buxoro". Shahzodbek Ubaydullaev
5. "Xorazm"ning hujumi, Ahrorovning jarima maydoniga uzatgan to'pini Filipovich qaytardi.
5. Zarba! Xayrullaevning zarbasidan keyin darvozabon to'pni qaytardi
1. O'YIN BOSHLANDI!
- Uchrashuv soat 19:45da boshlanadi.