Eron klublaridagi legionerlarimiz "Navbahor"ga qo'shiladimi? Kapadze izoh berdi

  • Mr.NoBoDy 11.03.2026 19:48
  • 454
  • 30

Timur Kapadze Eron klublaridagi o'zbekistonlik futbolchilarning kelajagi haqida fikr bildirdi.

Xabaringiz bor, Eron mamlakatidagi notinch vaziyat tufayli mahalliy chempionat nomalum muddatga to'xtatildi. Eron klublarida to'p tepayotgan Odil Hamrobekov, Igor Sergeev, Rustam Ashurmatov va Oston O'runov ayni damda O'zbekistonga qaytib kelishgan. "Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze "Paxtakor"ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida. Erondagi futbolchilarimizning ayrimlari "Navbahor"ga kelib qo'shilishi mumkinligi haqida aytib o'tdi.

"FIFA ruxsat bersa, harakat qilamiz. Agar ruxsat olinsa, "predvaritelno" gaplashib ko'rgan futbolchilarimiz bor. Ko'ramiz, nasib qilgan bo'lsa agar. Erondagi yigitlarimizni har bir klub o'z safiga qo'shib olishni istaydi", - deya gapirib o'tdi Timur Kapadze.

Eslatib o'tamiz, bir necha kun avval Oston O'runov OAVga bergan intervyusida "Andijon" klubiga o'tayotgani haqida takidlab o'tgan edi.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar