Kannavaro "Istanbul Bashakshexir" o'yinini stadiondan kuzatdi

  • Mr.NoBoDy 08.03.2026 00:08
  • 656
  • 30

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ayni paytda Turkiyada bo'lib turibdi.

Italiyalik mutaxassis Turkiya Superligasi 25-tur doirasidagi "Istanbul Bashakshexir" – "Gyoztepe" uchrashuvini stadiondan kuzatgan. Istanbulliklar tarkibida O'zbekiston terma jamoasining ikki nafar futbolchisi – Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullaev asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Shuningdek, Kannavaro klub prezidenti Go'ksel Gumushdag' va Mustafa Ero'g'ut, Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Vinchenco Montella hamda Shelchuk Shahin bilan uchrashgan.

Ўхшаш янгиликлар