
Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Nashr malumotiga ko'ra, agar "Barselona" ijaradagi Reshfordni sotib olsa, ingliz klubi parijliklar vingerini olishga harakat qiladi. Barkola bilan birga "Manchester Yunayted" yana to'rt o'yinchini ko'rib chiqmoqda: Yan Diomande ("RB Leypcig"), Xesus Rodriges ("Komo"), Martial Godo ("Strasburg") va Ilimana Ndiaye ("Everton").
Joriy mavsumda Barkola PSJ safida barcha turnirlarda 35 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali malumotiga ko'ra, futbolchining bozor narxi 70 million evro.