
“Metallurg” futbol klubida, klub akademiyasi va markaziy stadionida, U-19 jamoasi to'p tepadigan “A.Anoxin” nomidagi stadion xodimlari, oshxona, tibbiyot markazida, sport bazasida mehnat qilib, klub faoliyati rivojiga hissa qo'shayotgan ayollar bayram bilan tabriklandi.
8 mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Metallurg” PFKda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga alohida etibor va ehtirom ko'rsatilib, ularga bayram sovg'alari topshirildi.
Tadbir davomida “Metallurg” PFK bosh direktori Ulug'bek Mirzaev jamoada samarali faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlarni samimiy muborakbod etib, ayollarning klub rivojidagi beqiyos o'rni, shuningdek, yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdagi muhim hissasini alohida takidlab, fidokorona xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi.