
"Men o'zimga kelajakda nima qilishni hal qilish uchun taxminan uch oy vaqt beraman. "Barselona" bizga barcha zarur narsalarni taminlamoqda, men va oilam bu erda o'zimizni juda qulay his qilyapmiz", — dedi Levandovski Sky Sports ga bergan intervyusida.
37 yoshli futbolchi bilan shartnoma iyun oyigacha amal qiladi. Joriy mavsumda u 32 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.
Hozirda "Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalida 64 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. Madridning "Real" jamoasi 63 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.